14-dekabr oqshomida o‘zbekistonlik professional bokschi Shohjahon Ergashev Rossiyaning Krasnodar shahrida faoliyatidagi navbatdagi jangini o‘tkazdi.

Foto: Getty Images

Mazkur jangda Ergashevga argentinalik Nazareno Gaston Ruiz raqiblik qildi. Bungacha Ergashev ugandalik Badru Lusambiya bilan jang o‘tkazishi belgilangandi. Ammo jangga bir kun qolganda Shohjahonning raqibi o‘zgargandi.

Jangning 1-raundi 3-soniyasida Shohjahon raqibini nokdaunga uchratdi. 18-soniyada esa Gaston Ruiz nokautga uchradi. Shu tariqa Ergashev g‘alaba qozondi.

Ma’lumot uchun, Shohjahon Ruiz bilan jangacha professional ringda 15 marotaba jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba qozongandi. Bahslarning 14 tasida(bugungisi bilan 15 ta) u raqiblarini muddatidan oldin mag‘lub etgan. Ruiz esa bungacha 49 marotaba ringga ko‘tarilgan va ularning 32 tasiga g‘alaba qozongan (11 ta nokaut). 17 marotaba (bugungisi bilan 18 ta endi) imkoniyatni boy bergan (2 ta nokaut).