Braziliyaning “Santos” klubi 2019-yildan boshlab Argentina terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli qo‘l ostida maydonga tushadi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
“Santos” matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tomonlar 58 yoshli argentinalik mutaxassisni jamoa bosh murabbiyi lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi muhim kelishuvga erishdi. Shartnomaning yakuniy shartlari yaqin kunlarda hal qilinadi. Qayd etish joiz, joriy mavsumda “Santos” Braziliya chempionatida 10-o‘rinni egallagan.
Eslatib o‘tamiz, Sampaoli 2017-yilning mayidan to 2018-yil iyul oyigacha Argentina terma jamoasida faoliyat olib borgan. Uning murabbiyligi ostida argentinaliklar shu yil Rossiyada bo‘lib o‘tgan Jahon Chempionatida 1/8 finalgacha borib, amaldagi jahon chempioni Fransiya terma jamoasiga mag‘lub bo‘ldi — 3:4.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)