Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) tasnifiga ko‘ra, serbiyalik Novak Jokovich va ruminiyalik Simona Halep 2018-yilning eng yaxshi tennischilari deb topildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Jokovich ITF tasnfiga ko‘ra, yil tennischi nomini olti marta qo‘lga kiritib, bu boradagi rekordchi Pit Samprasga yetib oldi. Halep esa ushbu mukofotni birinchi marotaba qo‘lga kiritdi.
“Bu sovrinni yana bir bor qo‘lga kiritish men uchun ulkan sharaf. Sovrinlarim soni Pit Samprasniki bilan tenglashganidan xursandman”, — dedi serbiyalik tennischi.
Bu yil Jokovich to‘rtta sovrinni qo‘lga kiritdi. Xususan, Uimbildon va US Open g‘alaba qozondi. Natijada ATP reytingida 22-o‘rindan 1-pog‘onaga ko‘tarildi. Halep ushbu mavsum uzoq muddat WTA reytingini boshqardi va “Roland Garros” hamda yana ikkita musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)