National Geographic’ning Photo Contest tanlovi g‘oliblari 10 mingta ariza ichidan tanlab olindi. Bu haqda “TravelAsk” xabar berdi.
Ushbu surat parvoz instruktori va professional skripkachi Yassen Todorov tomonidan olingan bo‘lib, unda Kaliforniyaning Moxave cho‘li o‘rtasidagi transport vositalari qabristoni aks etgan. Suratda Audi va Volkswagen tomonidan qaytarib olingan minglab avtomobillarning tabiat hukmiga tashlanganligini guvohi bo‘lish mumkin.
Ushbu ta’sirchan suratlar tirik mavjudotning go‘zalligi bilan birga u keltiradigan vayronagarchiliklar haqida ham hikoya qiladi. Suratlar uchta yo‘nalishga bo‘lingan — “Joylar”, “Yovvoyi tabiat” va “Odamlar”. Asosiy mukofotga “Noreal” nomli noaniq kadr loyiq topildi.
Asosiy mukofot: “Fantastik”, Yassen Todorov
“Yovvoyi tabiat” yo‘nalishi g‘olibi: “Chorrahadagi parvoz”, Pim Volkers
“Odamlar” yo‘nalishi g‘olibi: “Weekend studiyasidagi eng yaxshi yakshanba”, Mia Kollis
“Joylar” yo‘nalishida 2-o‘rin: “Changda qolgan Thunderbird”, Nikolas Moir
“Odamlar” yo‘nalishida 3-o‘rin: “Butun hayot muhabbati”, Avishek Dasa
“Yovvoyi tabiat” yo‘nalishida 2-o‘rin: “Qalin qor”, Jonas Beyer
“Joylar” yo‘nalishida 3-o‘rin: “Xarobalarga yo‘l”, Kristian Verner
“Joylar” yo‘nalishida faxriy o‘rin: “Qorli parchalar”, Rukka Itto
“Yovvoyi tabiat” yo‘nalishida 3-o‘rin: “Yangi qarash”, Elison Langevad
“Odamlar” yo‘nalishida 2-o‘rin: “Yo‘l ustidagi motel», Todd Kennedi
Izoh (0)