Rossiya davlatining yetakchisi Vladimir Putin RFning birinchi prezidenti Boris Yelsin unga taklif qilganda prezidentlik kasbini tanlamaganligi, chunki bunga tayyor bo‘lmaganligini ma’lum qildi. Bu haqda u Yaroslavlda “Proyektoriya” forumi doirasidagi ochiq darsda yoshlarga so‘zlab berdi, deb yozadi “Vesti”.
Yelsin prezidentlik saylovlarida qatnashishi uchun Putinning nomzodini Davlat dumasiga bosh vazir sifatida taklif etilishiga roziligini so‘raganda, u rad javobini bergan.
Vladimir Putin Yelsin bunday javobni eshitib, juda hayratlanganligi va sababini so‘raganligini ta’kidladi.
Putinning so‘zlariga qaraganda, u davlat tuzilmalarida ancha vaqt ishlaganligiga qaramasdan, bunday lavozimga tayyor emasligini bildirgan.
“Sizlarga hayotingizdagi muhim qarorni qabul qilishga imkon boricha ertaroq tayyor bo‘lishingizni tilayman”, — dedi davlat rahbari o‘quvchilarga murojaat qilib.
Izoh (0)