Avstriya TIVning Rossiya masalalari bo‘yicha maxsus vakili Margot Klestil-Leffler, tomonlar uchrashuv o‘tkazishga kelisha olsa, Avstriya Rossiya va AQSh sammitini qabul qilishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Avstriya maxsus vakilining so‘zlariga qaraganda, uning mamlakati yirik uchrashuvlar o‘tkazish uchun yetarli tajribaga ega.
“Bu kabi uchrashuvlarni o‘tkazish uchun katta tajribamiz bor, tomonlar sammit o‘tkazishga kelishsa, u uchun maydonchani taqdim etishimiz mumkin”, — dedi Klestil-Leffler.
Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Donald Trampning sammiti ilk bor 2018-yilning 16-iyulida Xelsinkida bo‘lib o‘tgan edi.
Izoh (0)