Strasburg markazida o‘t ochgan erkakni 700 dan ortiq odam qidirmoqda. Bu haqda Fransiya IIV rahbari Kristof Kastanerga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
U, shuningdek, hujum uyushtirgan erkak ancha vaqtdan buyon huquqni himoya qilish organlari e’tiborida bo‘lganligini qo‘shimcha qildi.
Avvalroq Strasburg meri Rolan Ris shahar markazidagi yarmarkada yuz bergan otishma terrorchilik xarakteriga ega bo‘lganligini ma’lum qilgan edi.
Uning so‘zlariga qaraganda, hozirgi paytda hujum uyushtirgan erkak harakatlarining aniq sabablari noma’lum.
Eslatib o‘tamiz, Fransiyaning Strasburg shahridagi Rojdestvo yarmarkasi o‘tkazilayotgan Kleber maydoni yaqinida noma’lum shaxs otishma uyushtirganligi oqibatida 3 kishi halok bo‘lganligi, 12 kishi yaralanganligi haqida xabar berilgan edi.