9-dekabr kungi ob-havo sovishi va yog‘ingarchilikdan so‘ng o‘zbekistonliklarni iliq ob-havo kutmoqda. Bu haqda O‘zgidromet hisobotida ma’lum qilindi, deb yozadi Repost.
Toshkent, Samarqand va Jizzax viloyatlarida 10-dekabr kuni joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Biroq 11 va 12-dekabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmayapti, 10-dekabrdan 12-dekabrgacha kunduzi harorat 10 darajagacha iliydi.
Oy o‘rtasiga kelib havoning yanada isishi va’da qilinmoqda. Bulutlar o‘rnini quyosh egallaydi, havo harorati esa 14 darajagacha isiydi. 13-dekabr, payshanba kuni harorat kunduzi 13 darajagacha, kelgusi kuni esa 14 darajagacha iliydi.
Respublikaning tog‘li hududlarida 9—10-dekabr kunlari joylarda yog‘ingarchilik kutilmoqda, 11—12-dekabr kunlari esa yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. 11—12-dekabr kunlari tog‘larda kunduzgi harorat 2 darajadan 7 darajagacha iliqni tashkil etadi.
Izoh (0)