Amerikalik Amina Axtar o‘zining Twitter’dagi sahifasida Bini laqabli itiga mo‘ljallangan maxsus kiyimni ko‘rsatdi. Bu haqda Tjournal xabar berdi.
Bu kiyim uy hayvonlarini yirtqichlardan himoya qilishga xizmat qiladi.
AQSh g‘arbida burgut va koyot (bo‘rilar turi)larning itlarga hujum qilishi odatiy hol sanaladi.
Nimchalar savdosini yo‘lga qo‘ygan firma asoschilarining itini 2015-yilda yirtqich g‘ajib ketgan.Ushbu libosni ko‘plab amerikaliklar o‘zlarining uy hayvonlari uchun xarid qiladi.
Izoh (0)