“Yilning eng yaxshi ‘Barkamol avlod’ bolalar markazi direktori” ko‘rik-tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi, deb yozadi O‘zA.
Unda Qo‘ng‘irot tumani “Barkamol avlod” bolalar markazi direktori Munira Matmurodova g‘olib bo‘ldi va tanlovning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi.
Xalq ta’limi vazirligi tashabbusi bilan an’anaviy o‘tkazib kelinayotgan mazkur ko‘rik-tanlovda Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 16 ta “Barkamol avlod” bolalar markazi rahbarlari ishtirok etdi.
Bunda markaz rahbarlarining yangi innovatsion texnologiyalar orqali o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish tizimi yo‘lga qo‘yilgani, tashabbuskorligi, ijodkorligi, mas’uliyati, shuningdek, markaz to‘garak a’zolarining turli tadbirlardagi ishtiroki, yutuqlari va mashg‘ulotlarning samaradorligiga ahamiyat berildi.
Ikkinchi o‘rinni Nukus shahar “Barkamol avlod” bolalar markazi direktori Gulparshin Rizayeva, uchinchi o‘rinni To‘rtko‘l tumani “Barkamol avlod” bolalar markazi direktori Asiya Yernazarova egalladi.
Tadbirda “Zamonaviy tadbirkor rahbar”, “Eng zukko rahbar” va “Zamonaviy konsepsiya muallifi” nominatsiyalari bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi.
Izoh (0)