Apple texnikasi foydalanuvchilari shaxsiy kompyuterlari ostidagi chang sababli sudga murojaat qildi. Bu haqda MacRumors xabar berdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
MacBook va iMac’ning sifatsiz filtrlari ekranlar ostida chang to‘planishiga olib keladi. Bu ekranda dog‘lar paydo bo‘lishi, protsessor ishining sekinlashuvi va boshqa nosozliklarni keltirib chiqaradi. Apple texnikasini ta’mirlash uchun ko‘p mablag‘ sarflashga to‘g‘ri keladi.
Foydalanuvchilar kompaniyani sifatsiz filtrlardan foydalanganlikda ayblamoqda. Bunday muammoga 2013—2018-yillarda chiqarilgan iMac va MacBook foydalanuvchilari duch kelmoqda.
Yuristlarning so‘zlariga qaraganda, kompaniya javobgarlikni zimmasiga olishdan bosh tortmoqda, biroq yuristlar aynan shu uchun harakat qiladi.
Izoh (0)