O‘zbekistonda axborot kommunikatsiya-texnologiyalari sohasini yanada rivojlantirish, o‘quvchi va talaba-yoshlarni dasturlash tillari, IT sohasida innovatsion g‘oyalarni yaratishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida TUIT OPEN – 2018 dasturlash bo‘yicha musobaqa tashkil etildi, deb yozadi O‘zA.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o‘tkazilgan musobaqaning final bosqichida respublikaning barcha hududlaridan 34 jamoa ishtirok etdi.
Ular C++, Java, Pyhton, Pascal dasturlash tillari yuzasidan bilimlarini o‘zaro sinovdan o‘tkazdi.
Yakuniy natijalariga ko‘ra, M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali “MSU Tashkent 0” jamoasi birinchi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining TUIT: ALVA jamoasi ikkinchi, TATU Urganch filialining TUIT Urgench Branch masters jamoasi esa uchinchi o‘rinni egalladi.
G‘olib jamoalarga pul mukofotlari ajratildi.
Izoh (0)