O‘zbekistonda jami 2 377 nafar chet ellik talaba ta’lim olmoqda. Xorijlik talabalarning eng ko‘pi — 1 332 nafari Xorazm viloyatida tahsil oladi. Bu haqda Innovatsion rivojlantirish vazirligi axborot xizmati xabar qildi, deb yozadi Turon24.
2018-yil 1-noyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda chet ellik talabalarni o‘qitishdan tushgan daromad 12,1 milliard so‘m va 106,4 million AQSh dollarini tashkil etdi. Milliy valyutada “ta’lim” investitsiyalari hajmi bo‘yicha Buxoro viloyati yetakchi o‘rinni egallaydi — 3,3 milliard so‘m. Xorijiy valyuta hajmi bo‘yicha Toshkent shahri yetakchilik qilmoqda — 75,9 ming dollar.
Xorijiy talabalarning eng kam soni Namangan viloyatida — u yerda ikki nafar chet ellik talaba o‘qiydi, “ta’lim” daromadi bo‘yicha eng kam miqdor Navoiy viloyatiga to‘g‘ri keladi — 10,7 million so‘m.
Chet el talabalari respublikaning umumiy 54 ta oliy ta’lim muassasasida tahsil oladi.
Izoh (0)