Minskning Arena-Siti savdo markazida 150 kvadrat metr maydondagi shift qoplamasi qulab tushdi. Hodisa 12-noyabr kuni 14:50 da yuz berdi, jabrlanganlar bor, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Hodisa joyida FVV va militsiya xodimlari ishlamoqda. Shuningdek, savdo markaziga beshta tez yordam jamoasi yetib kelgan.
Shift qulashi oqibatida bir nafar qiz jabrlangan.
“Gul do‘konining sotuvchisi 24 yoshli qiz jabrlangan. U bosh-miya jarohati, shok va qorin jarohati kabi dastlabki tashxis bilan shifoxonaga yotqizilgan”, — deya ma’lum qiladi FVV.
Guvohlarning so‘zlariga qaraganda, shift gul pavilyoniga qulagan. Bu paytda u yerda sotivchi qizlar bo‘lgan. Ular shu zahoti erkaklar tomonidan vayronalar ostidan chiqarib olingan.
Izoh (0)