Nukusda “Nihol” mukofoti tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi o‘tkazildi. Unda tanlovning qo‘yi bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 75 nafar yigit-qiz o‘z iste’dodini namoyish etdi, deb yozadi O‘zA.
San’atning musiqa ijrochiligi, opera, an’anaviy ijrochilik, estrada va raqs yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovda Olimboy Karimboyev, Sardor Ozodov, Asadbek Akimov, Muhammad Mirzaboyev, Malika Beyimbetova, Rahim Oringaliyev, Miratdin Allanazarov, Muhammad To‘rabekov, Gulchinor Xudoybergenova, Quvonish Seytimbetov, Odil Baxtiboyev, Gulnoz Allambergenova, Xayrulla Olloyorov va Muhammad Pardaboyev birinchi o‘rinni egalladi.
G‘oliblar tanlovning mamlakat bosqichida ishtirok etadi.
Izoh (0)