“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati xabar berishicha, 4-noyabr kuni soat 16:30 dan boshlab yo‘lovchi poyezdlarga chiptalar sotish avtomatik tizimida chiptalar sotish vaqtinchalik to‘xtatilgan. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Bunga tizimda olib borilayotgan profilaktik ishlar sabab qilib ko‘rsatilmoqda. E’londa qayd etilishicha, ayni damda chiptalar kassalarda vaqtinchalik avtomatik tizimisiz ro‘yxatdan o‘tkazilyapti.
Izoh (0)