• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12672.81
    • RUB158.89
    • EUR14753.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Daryo” surishtiruvi: Urgutda maktab direktorining o‘ldirilishiga nima sabab bo‘ldi?

    Samarqandda maktab direktoriga og‘ir jarohat yetkazilishi oqibatida jabrlanuvchi hayotdan ko‘z yumgani to‘g‘risida xabar bergan edik. Viloyatning Urgut tumani, Beshyog‘och qishlog‘ida 30-oktabr kuni sodir bo‘lgan qotillikni “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev voqea joyida o‘rgandi.

    Foto: “Rambler”

    Foto: “Rambler”

    Ma’lum bo‘lishicha, Beshyog‘och qishlog‘ida sodir bo‘lgan mazkur mudhish voqeaga ikki tomon o‘rtasida yer talashish sabab bo‘lgan. O‘zaro tortishuv natijasida marhumning yon qo‘shnisi, 1998-yilda tug‘ilgan Sh.M. 15-umumta’lim maktabi direktori, 1986-yilda tug‘ilgan Anvar Yunusovni boshiga bolta bilan urishi oqibatida maktab direktori voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan. Mazkur qotillik sodir etilgan vaqtda Sh.M.ning akasi, 1993-yilda tug‘ilgan M.M ham bo‘lgan.

    Marhum Anvar Yunusov direktorlikdan tashqari “Akmal Boynazarov” fermer xo‘jaligida ish yurituvchi bo‘lib ham ishlab kelgani aytilmoqda.

    — Anvar Yunusov va Mirkomil Sherboyev (Sh.M va M.M.ning otasi) fermer xo‘jaligidagi yer uchun bir necha yildan buyon o‘zaro tortishib kelayotgandi. Mahalla ikki tomon o‘rtasidagi kelishmovchilikni bartaraf etish maqsadida 2-3 marotaba ularni yarashtirib qo‘ygan. Shundan so‘ng biz bu nizoga barham berilgan deb yurardik, — deydi 15-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Yahyo Ro‘ziqulov. — Marhum direktorni ham, uning o‘limiga sababchi bo‘lganlarni ham o‘zim o‘qitganman. Hammasi esli-hushli bolalar edi. Muammoni o‘zaro kelishuv asosida hal qilsa bo‘lardi.

    Mahalla uchastka noziri Quronboy Muhammadiyevning ta’kidlashicha, yer masaladagi kelishmovchilik yuzasidan ikkala tomon ham murojaat qilmagan. Biroq, joriy yilning iyul—avgust oylarida Mirkomil Sherboyev mast holatda marhum Anvar Yunusovning uyiga kelib janjal qilgan va derazalarini sindirib ketgan. Ushbu holat yuzasidan marhumning rafiqasi uchastka noziriga murojaat qilgan. Shundan so‘ng holat o‘rganilib, Mirkomil Sherboyev ma’muriy javobgarlikka tortilgan va eng kam ish haqining 3 barobari miqdorida jarima ham to‘lagan.

    — Qotillik sodir bo‘lgan kuni Urgut tuman IIB tezkor vakillari bilan voqea joyini o‘rgandik. O‘rganishlar jarayonida Sh.M marhumning boshiga bolta bilan ikki bor qattiq zarba berganligi aniqlandi, — deydi uchastka noziri. — Ayni paytda voqea ishtirokchilari tuman IIBga olib ketilgan. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Marhum A.Yunusovning 3 nafar farzandi bo‘lib, dekabr oyida to‘rtinchi farzandi ham dunyoga kelishini kutayotgan bo‘lgan. Qishloq ahlining ta’kidlashicha, direktorning rafiqasi ayblanuvchilarning qarindoshi bo‘lgan. Voqea sodir bo‘lgan kuni jabrlanuvchilar (A.Yunusovning yaqinlari) achchiq ustida ayblanuvchilarning molxonasiga o‘t yoqib yuborgan.

    Fojiadan keyingi mulohaza: nahotki Urgut tuman hokimligi, tuman fermerlar uyushmasi, yer resurslari va davlat yer-mulk kadastri tumandagi fermer xo‘jaliklarining yer maydonini aniqlab bermagan bo‘lsa? Bu ish o‘z holiga tashlab qo‘yilgan bo‘lsa, kelgusida yana qancha muammolar kelib chiqishini tasavvur qilishning o‘zi mushkul.

    “Daryo” Urgut tuman hokimligining mazkur holat bo‘yicha munosabatini kutib qoladi.

    04.11.2018, 17:15   Izoh (0)   131954
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda erkak ayoldan 25 ming dollar olib o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yubordi

    04.11.2018, 16:13

    O‘zbekistonda telefon qo‘ng‘irog‘isiz tez yordam chaqirish imkoniyati tug‘ildi

    04.11.2018, 15:54

    Toshkentda korxona rahbari nomiga 2,3 mlrd so‘m kredit olib, o‘zlashtirib yuborgan MChJ direktori ushlandi

    04.11.2018, 15:35

    Sankt-Peterburgdagi “Toshkent kunlari” tadbirida tibbiyot va savdo bo‘yicha hamkorlik bitimi imzolandi

    04.11.2018, 14:59

    Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari ham Toshkentda propiskaga qo‘yiladi

    04.11.2018, 14:40

    Davlat boji stavkalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

    04.11.2018, 14:19
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Braziliya AQSH tarif choralari tufayli JSTga shikoyat kiritdi

    Dunyo | 12 avgust, 00:15

    “Agar men bo‘lmaganimda, Putin hozir hech kim bilan gaplashmasdi ham” — Tramp

    Dunyo | 11 avgust, 23:50

    Boshidan o‘q yegan kolumbiyalik senator vafot etdi

    Dunyo | 11 avgust, 23:40

    AQSH maxfiy xizmati Putin va Tramp uchrashuvidan oldin Ankorijda bir uyni ijaraga olgan — NYT

    Dunyo | 11 avgust, 23:31

    Tramp Zelenskiy va Yevropa yetakchilari bilan gaplashadi

    Dunyo | 11 avgust, 23:20

    Andijonda Damas 9 yoshli bolani urib yubordi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 23:10

    “Xotiramni yo‘qotib qo‘yishni istagandim” — aktrisa Huvaydo Jumayeva oila sabab san’atdan ketishga rozi bo‘lgani haqida gapirdi (video)

    Shou-biznes | 11 avgust, 23:00

    Toshkentdagi “Uch qahramon” bozorining 40 foizi yonib ketgani maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 22:53

    O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyot hajmi yalpi ichki mahsulotning 35 foiziga tengligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 22:40

    Janubiy Xitoy dengizida Xitoy va Filippin kemalari to‘qnashdi (foto, video)

    Dunyo | 11 avgust, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.