Christie’s auksionida birinchi marta neyrotarmoq tomonidan yaratilgan surat sotildi. Portret savdoda 432,5 ming dollarga sotilgan. Bu bunday ishning yirik auksionda sotilishi bilan bog‘liq tarixdagi birinchi holat bo‘ldi, deb yozmoqda “Korrespondent.net”.

Foto: “Korrespondent.net”

Surat “Edmon Belamining portreti” deb nomlanadi. U Fransiyaning Obvious jamoasi tomonidan sun’iy intellekt yordamida yaratilgan Belami oilasi seriyasiga kiradi. Algoritm suratni yaratishdan oldin XIV—XX asrlarda chizilgan taxminan 15 mingta portretni o‘rganib chiqqan.