Shavkat Mirziyoyev “O‘zekspomarkaz”da Toshkent shahri va Yunusobod tumani hokimlari, mutasaddilar va sektorlar rahbarlari, mahalla raislari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Unda Yunusobod tumanini iqtisodiy rivojlantirish, 63 ta mahalladagi ijtimoiy holatni yanada yaxshilash, aholi farovonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilab berildi.
2019-yilda sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalarida mo‘ljallangan 38 ta loyihaning har biri bo‘yicha tashabbuskorlar va manbalarini aniq ko‘rsatgan holda “yo‘l xarita”lari ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi.
Xatlovda aniqlangan 332 ta foydalanilmayotgan obyekt va yer maydonlarida yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish, budjetga tushumlarni ko‘paytirish va odamlarning daromadlarini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Ijtimoiy dolzarb masalalarni hal qilish, uy-joy fondini rivojlantirish, kommunal xizmatlarni yaxshilash, obyektlarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash borasidagi vazifalar belgilab berildi.
Izoh (0)