O‘zbekiston “Surxon—Puli-Xumri” yangi elektr uzatish liniyasi O‘zbekiston uchastkasi qurilishini 2019-yil dekabrida yakunlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda “O‘zbekenergo”dagi manbasiga tayanib, “Podrobno.uz” xabar bermoqda.
O‘zbekiston yangi liniyadagi o‘z uchastkasi qurilishiga allaqachon kirishgan. Uning umumiy uzunligi 260 kilometrga yaqin bo‘lib, shundan 45 kilometri O‘zbekiston hududidan, 215 kilometri Afg‘oniston hududidan o‘tadi.
Loyihaning umumiy qiymati 150 million dollarni tashkil etadi, mazkur mablag‘ning 118 million dollarlik qismi Afg‘oniston tomonidan, qolgan 32 million dollari O‘zbekiston tomonidan ajratiladi.
Izoh (0)