Toshkentdagi Markaziy ko‘rgazmalar zalida “Bir makon, bir yo‘l” loyihasi doirasida o‘zbek-xitoy gumanitar-ijodiy malaka almashinuvi va Xanchjou Badiiy akademiyasi rassomlari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi A. Nuriddinov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi R. Qurbonov va boshqalar o‘zbek va xitoy ijodkorlari o‘rtasidagi aloqalar tobora ravnaq topayotganini ta’kidladi.
Ko‘rgazmada Xanchjou Badiiy akademiyasining 20 nafarga yaqin rassomining 60 dan ziyod tasviriy san’at yo‘nalishidagi asarlari namoyish etilmoqda.
Izoh (0)