Joriy yilning yanvar-sentabrda O‘zbekiston YAIM hajmi joriy narxlarda 244,3 trln so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 5,2 foizga o‘sdi. YAIM deflyatori indeksi 2017 yilning yanvar — sentabridagi narxlarga nisbatan 131,6 foizni tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar qildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.
Aholi jon boshiga hisoblangan YAIM 7,433 mln so‘mni tashkil etdi va bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,5 foizga yuqoridir.
Iqtisodiy o‘sish sur’ati iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida kuzatilgan ijobiy dinamika bilan bog‘liqdir, deyiladi xabarda.
Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi YAIM umumiy hajmining 86,3 foizini tashkil etdi va 5,3 foizga o‘sdi (YAIM mutlaq o‘sishiga ta’siri 4,6 foiz punktni tashkil etdi). Mahsulotlarga sof soliqlarning YAIM tarkibidagi ulushi 13,7 foizni tashkil etdi va 4,5 foiz darajasida o‘sish qayd etildi (YAIM mutlaq o‘sishiga ta’siri 0,6 f.p.).
Izoh (0)