O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan e’lon qilingan “Boshlang‘ich tashkilotlar faoliyati samaradorligini oshirish oyligi” doirasida Qashqadaryo viloyatida ham qator loyihalar, seminar, tanlov, aksiya va uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Yoshlar ittifoqining Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti boshlang‘ich tashkiloti qoshida “Iqtidorli yoshlar” klubi faoliyati yo‘lga qo‘yilishi ham oylik davomida rejalashtirilgan loyihalardan biri bo‘ldi.
Klub talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, salohiyatini oshirish hamda tengdosh-tengdoshga tamoyilini amalga oshirishga xizmat qiladi. Bu yerda “Munozara”, “Zakovat”, “Yosh ixtirochilar”, “Ijodkor yoshlar”, “Psixologlar”, “Yosh hunarmandlar”, “Ingliz tili” kabi to‘garaklar faoliyat olib boradi.
Izoh (0)