Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Turkiyaning Istanbul shahrida qochoq jinoyatchi o‘tkinchilarga pichoq bilan hujum qilib, 11 kishiga jarohat yetkazdi, deb xabar beradi “Interfaks”.

Foto: “Interfaks”

Foto: “Interfaks”

Hodisa shahardagi Kadiko‘y tumanida yuz bergan. Qochoq jinoyatchi do‘kon oldida bir ayolga hujum qilgan. Keyinroq u ayolga yordam bermoqchi bo‘lgan boshqa o‘tkinchilarga ham tashlangan. Erkak ushbu harakatlardan so‘ng qochishga uringan, uni to‘xtatmoqchi bo‘lgan hammaga esa pichoq bilan tashlangan. Hodisa oqibatida hammasi bo‘lib 11 kishi jarohatlangan.

Erkak hozirda hibsga olingan. Ushbu jarayonda uning o‘zi ham jarohat olgan.

Jinoyatchi avval olti marta sudlangan. U o‘g‘rilik va bezorilik bo‘yicha ayblangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda to‘yda yo‘qolib qolgan 4 yoshli bolaning jasadi quduq ichidan topildi
Retseptlar
Pechda pishirilgan qovoq: mazali retseptlarni tayyorlab ko‘ring
Dunyo
Shimoliy Koreya bir haftada to‘rtinchi marta ballistik raketalarni uchirdi