Baxrom Usmonov O‘zbekiston davlat drama teatriga rahbar etib tayinlandi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
U bungacha O‘zbekiston Prezidenti Devoni Ommaviy axborot vositalari, ma’naviyat, ma’rifat, madaniyat, san’at va ijodiy tashkilotlarni rivojlantirish masalalari xizmatining Ommaviy axborot vositalari hamda televideniyeni rivojlantirish sho‘basi yetakchi konsultanti vazifasida faoliyat yuritgan.