Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya dizayni asosida O‘zbekistonda quriladigan atom elektr stansiyasi (AES) qiymati taxminan 11 milliard dollarni tashkil qiladi. Birinchi energoblok 2028-yilda ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda RF prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovning so‘zlariga asoslanib Spot xabar bermoqda.

Foto: Spot

Foto: Spot

“Baholarga ko‘ra, loyiha qiymati - 11 milliard dollar atrofida”, - dedi Ushakov seshanba kuni jurnalistlarga. Uning aytishicha, birinchi energoblok taxminan 2028-yilga borib ishga tushiriladi.

Shuningdek, u RF prezidenti Vladimir Putin 18—19-oktabr kunlari O‘zbekistonga davlat tashrifi davomida AES loyihasiga doir ishlarga start berish marosimida ishtirok etishini ma’lum qildi.

Ikki mamlakat hukumatlararo kelishuviga muvofiq, O‘zbekistonda umumiy quvvati 2,4 GVt bo‘lgan ikki energoblokdan iborat AES qurilishi ko‘zda tutilmoqda. Loyiha RFning “Rosatom” korporatsiyasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, Ushakov Rossiya yetakchisi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar o‘tkazishini qayd etgan.

U shuningdek 19-oktabrdagi sammitda “yangi savdo-iqtisodiy hamkorlik mexanizmini yaratishga doir qaror qabul qilinishi”ni ta’kidlagan.

Maslahatchining so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston RFning yetakchi iqtisodiy hamkorlaridan biri.

“Rossiyaning O‘zbekiston tashqi savdosi umumiy hajmidagi ulushi 18 foizdan oshadi — bu Xitoydan keyin ikkinchi o‘rin degani”, — dedi Ushakov.

Bundan tashqari, u joriy yil yakunlariga ko‘ra, ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar aylanmasini 5 milliard dollarga chiqarish uchun barcha imkoniyatlar mavjudligini qayd etdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda sportchi erkak xotini va bolasini ayovsiz kaltaklagani aytildi
Shou-biznes
“U nafaqat guruhdan, balki san’atdan ham ketdi”. “VIA Marokand” xonandasi Asal Zokirova guruhni tark etdi (video)
Biznes
Markaziy Osiyoda Rossiyaning ko‘chmas mulk bozoriga qiziqish ortib bormoqda