O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev Navoiy viloyatida aholining yashash tarzi va sharoitlarini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan ishlarni ko‘rib chiqdi. Bu haqda Turon 24 xabar berdi.
Senat raisi joriy yilning 9-oktabr kuni viloyatning Navbahor tumaniga ishchi guruh bilan keldi. Xalq deputatlari tuman kengashining sessiyasi tashkil etilib, unda senatorlar, xalq deputatlari viloyat kengashi, mahalliy kengashlar deputatlari, vazirlik va idoralarning vakillari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari ishtirok etdi.
Sessiyada Respublika ishchi guruhi tomonidan hududlarda aholi yashash tarzi va sharoitlarini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan ishlar ko‘rib chiqilib, istiqboldagi vazifalar belgilab olindi.
Nurota tumanida ham Senat raisi ishtirokida sessiya o‘tkazildi. Nig‘matilla Yo‘ldoshev 10-oktabr kuni Xatirchi va Karmana tumanida bo‘lib o‘tadigan sessiyada ishtirok etdi.
Izoh (0)