UNЕSKO O‘zbekistonda ikki yirik xalqaro anjumanni o‘tkazadi. Parijda Shavkat Mirziyoyev va xalqaro tashkilot bosh direktori Odri Azulening uchrashuvi davomida bu boradagi kelishuvga erishildi.
Mazkur kelishuvga ko‘ra, O‘zbekistonda Markaziy Osiyo yosh olimlari mintaqaviy forumi hamda 2019-yilda Toshkentda “Axborot texnologiyalari madaniy merosni asrash xizmatida” mavzuida Osiyo forumi o‘tkaziladi.
UNЕSKO Bosh direktori O‘zbekiston Prezidentining ushbu tashkilot shafeligida Samarqand shahrida Mirzo Ulug‘bek nomidagi xalqaro institut tashkil etish, Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti huzurida Ta’limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha mintaqaviy markaz hamda Samarqanddagi Turizm xalqaro universitetida UNЕSKO kafedrasini tuzish bo‘yicha tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladi.
Izoh (0)