Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Isroil kiberxavfsizlik milliy agentligi WhatsApp foydalanuvchilari uchun akkauntlarni buzish bo‘yicha yangi texnologiya haqida ogohlantirish jo‘natdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

So‘nggi vaqtda mamlakatda profillarni mobil operatorlar tomonidan taqdim etiladigan ovozli pochta xizmati yordamida buzish holatlari ko‘p uchramoqda. Pochta qutisiga kirish uchun to‘rtta belgidan iborat PIN-kodni terish zarur. Ko‘plab foydalanuvchilar standart belgilarni tanlaydi, masalan, “0000” yoki “1234”. Bunday parolni terish uchun buzg‘unchidan alohida bilim talab qilinmaydi.

Buzg‘unchi o‘z telefoniga WhatsApp’ni o‘rnatadi va aniq bir raqamga bog‘langan akkauntga kirishga urinadi. Xizmatga kirish bir martalik parol keladigan SMS xabar bilan tasdiqlanadi. Agar turli sabablarga ko‘ra bu amalga oshmasa (akkaunt egasi telefonga qaramaydi va xabarni ko‘rmaydi), tekshirishning yana bir usuli ishga tushadi — kod ovozli xabarda keladi. Dastur kodni raqam ulangan pochtaga jo‘natadi. Parolni tergan holda buzg‘unchi kodni biladi, uni WhatsApp’ga kiritadi va akkauntni buzadi.

Shundan keyin akkauntning yangi xo‘jayini ikki darajali autentifikatsiyani yoqishi mumkin va bundan so‘ng profil ustidan nazoratni qaytarib olishning deyarli imkoni qolmaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzilada halok bo‘lganlar soni 9 mingdan oshdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Toshkent yerusti metrosining qurilish ishlari bilan tanishdi 
Mahalliy
Mudofaa vazirligida qator tayinlovlar amalga oshirildi