Toshkentda yoshlar uchun yangi raqamli platforma ishga tushirildi. U-Report deb nomlangan mazkur loyiha YuNISЕFning mamlakatdagi vakolatxonasi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan Ucell kompaniyasi ko‘magida tashkil etildi, deb yozadi O‘zA.
O‘zbekistonda yoshlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning fikr va takliflarini mukammal o‘rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda. U-Report yoshlarga muhim hayotiy masalalar muhokamasida faol ishtirok etish imkonini berishi bilan ahamiyatlidir.
Uning doirasida yigit qizlar SMS, Facebook, Telegram orqali doimiy tarzda so‘rovnomalarda ishtirok etadi. Ushbu so‘rovnomalar ta’lim, sog‘liqni saqlash, mehnat bandligi, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish kabi masalalarni qamrab oladi. So‘rovnomalarning natijalaridan Hukumat, Yoshlar ittifoqi, Parlamentda qarorlar qabul qilish jarayonida foydalanish mumkin.
Mutaxassislarning fikricha, mazkur platforma dunyoning ellikka yaqin davlatida mavjud bo‘lib, O‘zbekistonda Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida birinchi bo‘lib ushbu innovatsion tashabbus boshlandi.
Izoh (0)