Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli Andijon viloyati Asaka tumanidagi “Axtachi” temir yo‘l bekatida baxtsiz hodisa yuz berdi. Bu haqda, Andijon viloyat ichki ishlar boshqarmasiga asoslanib, Uz24 xabar berdi.

Foto: Uz24

Foto: Uz24

27-sentabr kuni soat 01:15 da “Qo‘qon” lokomotiv deposi Andijon filiali mashinist yordamchisi Bahromov Dostonbek teplovoz tepasidagi suvni ko‘rish maqsadida uning ustiga chiqadi.

Dostonbek yuqori kuchlanishli elektr tokiga ehtiyotsizligi oqibatida tegib ketib, tok urishi natijasida voqea joyida vafot etadi.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
Markaziy bank raisining kripto-aktivlar bo‘yicha ma’lumoti rad etildi