Shu kunlarda O‘zbekiston ijtimoiy tarmoqlari va messenjerlarida yo‘llarda o‘zini o‘ta surbetlarcha tutgan haydovchilar ishtirokidagi videoroliklar paydo bo‘ldi. Bu bilan ular nafaqat o‘zlarining hayoti, balki o‘zgalar hayotini ham xavf ostiga qo‘ygan, deb yozadi “Podrobno.uz”.
Roliklardan birida haydovchilar turar-joy kvartali o‘rtasida bezorilarcha yurishlarni uyushtirgan, boshqasida esa boshqa avtomobillarga yo‘l bermasdan kolonna bo‘lib harakatlangan. Shuningdek, foydalanuvchilar piyodalar o‘tish qismini to‘sib qo‘ygan avtomobil suratini joylashtirgan.
“OAVlariga surat va ikkita video joylangan bo‘lib, ularda haydovchilar tomonidan yo‘l harakati qoidalari buzilganligi tasvirga tushirilgan. Piyodalar o‘tish qismida to‘xtatib qoldirilgan Malibu avtomobili haydovchisiga nisbatan ma’muriy jazo choralari allaqachon qo‘llanilgan. Boshqa “qahramonlarning” shaxsi hozirgi paytda aniqlangan, ularga nisbatan ham choralar qo‘llaniladi va bu haqda ham xabar qilinadi”, — deya ta’kidlanadi IIBB xabarida.
Izoh (0)