Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Saudiya Arabistonining Al Hidaya Global Company LID kompaniyasi ishbilarmonlari Sirdaryo viloyatida bo‘lib, baliq yetishtirish, mahsulotni eksport qilish istiqbollari bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Jahondagi yirik baliqchilik komplekslaridan biri bo‘lgan mazkur kompaniya baliq tuxumi, chavog‘i, sifatli baliq yetishtirish va uni eksportga yo‘naltirish bilan shug‘ullanadi.

Viloyat hokimligida Solih Salim Baxvani boshchiligida ushbu mamlakatdan kelgan ishbilarmonlarning O‘zbekistondagi soha vakillari, tadbirkorlar bilan muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Hamkorlik kelishuviga ko‘ra, yaqin istiqbolda investorlar tomonidan 300 million dollarlik sarmoya kiritilishi hisobiga Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida baliqchilikka ixtisoslashgan 3 ta yirik zavod ishga tushiriladi.

Qizil baliqni ko‘paytirish va sotishga yo‘naltirilgan baliqchilik klasteri tashkil etilib, mingdan ziyod ish o‘rni yaratiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda?