Yulduzlarning hayoti haqiqatdan boshqa odamlarnikidan ko‘p jihatdan farqlanadi. Ularning hayoti betashvish va go‘zaldek ko‘rinadi. Biroq sog‘lik bilan bog‘liq muammolardan hech kim kafolatlanmagan. Muvaffaqiyatga erishish uchun esa qiyinchiliklarni yengib o‘tish kerak. AdMe ana shunday qiyinchiliklarga duch kelib, muvaffaqiyatga erishgan mashhurlarga e’tibor qaratdi.
Ledi Gaga
Ledi Gaga 2017-yilda xronik fibromialgiya bilan og‘rishini ma’lum qilgan. Bu kasallik bilan og‘riydiganlar yaxshi uxlay olmaslik, mushaklardagi og‘riqlar, charchoq, xotirani yo‘qotish va animaniya konsentratsiyasining buzilishidan aziyat chekadi.Kim Kardashyan
Kim Kardashyan ko‘p yillardan buyon psoriaz kasalligidan aziyat chekadi. U maxsus parhezda yuradi va har kuni terisiga kortizonli krem suradi. Toshmalar kuchayganda esa inyeksiyalar qabul qiladi.Norman Ridus
Germaniyada 2005-yilda yuz bergan avtohalokat oqibatida aktyor chap ko‘zisiz qolgan edi. Yuzining chap qismi suyaklari singan edi. Operatsiya vaqtida yuziga to‘rtta metall shtift qo‘yilgan, chap ko‘zi kosasining bir qismi esa titan plastina bilan almashtirilgan.Bella Xadid
Bella Xadidga 2015-yilda Laym kasalligi tashxisi qo‘yilgan. Bu kasallikdan uning onasi va akasi ham aziyat chekadi. Kasallik boshda, mushaklarda og‘riqni, holsizlikni, charchoqni keltirib chiqaradi. Aktrisa deyarli har kuni osma ukol va antibiotiklar oladi. Asoratlar sababli u ko‘pincha suratga olish ishlarini ko‘chirishga yoki bekor qilishga majbur bo‘ladi.Selena Gomes
Qo‘shiqchi 2015-yilda autoimmun kasallik bilan og‘rigan. Kasallik toshmalar, charchoq va tomirlarda og‘riqni keltirib chiqaradi. Kasallik sababli qizda tahlikalar boshlangan. U kimyo terapiyasini o‘tash uchun gastrollarini bekor qilgan. Davolanishdan so‘ng qo‘shiqchi tuzala boshlagan, biroq asoratlar qolgan. Unga 2017-yilda dugonasidan buyrak ko‘chirib o‘tkazilgan.Jamel Debbuz
Mashhur fransuz aktyori har doim o‘ng qo‘lini cho‘ntagiga solib yuradi va bunga ko‘pchilikning e’tiborini tortmaydi. 1990-yilda Jamel 14 yosh bo‘lganda, do‘sti bilan Parij metrosi relsini kesib o‘tayotganda soatiga 150 kilometr tezlikda kelayotgan poyezdni payqamay qolgan. Poyezd bolani urib yuborgan. Oqibatda uning o‘ng qo‘li jarohatlangan va rivojlanmay qolgan.
Izoh (0)