Bugun, 27-sentabr sanasida O‘zbekiston Kubogining yarim finalidan o‘rin olgan birinchi juftlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Qo‘qon shahrida mezbon “Qo‘qon-1912” jamoasi Toshkentning “Paxtakor” klubiga qarshi maydonga tushib, 2:5 hisobidagi mag‘lubiyatni qabul qildi. Hisob 1-daqiqada “Paxtakor” legioneri Tiago Bezerra tomonidan ochildi. 6-daqiqada Murod Xolmuhammedov penaltidan hisobni tenglashtirdi. 20-daqiqada Dilshod Rahmatullayev “sherlar”ni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqada Ismoil Gonsalvesh hisobning 1:3 ko‘rinish olishini ta‘minladi. Ikkinchi bo‘limning 66-daqiqasida Jaloliddin Masharipov hisobni yanada yiriklashtirdi. 77-daqiqada Tiago Bezerra dublga erishdi. Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqada esa Igor Sergeyev avtogol sohibiga aylandi.
Shu tariqa “Paxtakor” O‘zbekiston Kubogi finaliga yo‘l oldi. Ertaga “Bunyodkor”—AGMK jamoalari o‘rtasidagi bellashuvdan so‘ng ikkinchi finalchi nomi ma’lum bo‘ladi.
O‘zbekiston Kubogi
1/2 final bellashuvi
27-sentabr, payshanba
“Qo‘qon-1912” – “Paxtakor” 2:5
Gollar: 1:0—1 Tiago Bezerra, 1:1—6 penalti Murod Xolmuhammedov, 1:2—20 Dilshod Rahmatullayev, 1:3—45+1 Ismoil Gonsalvesh, 1:4—66 Jaloliddin Masharipov, 1:5— 77 Tiago Bezerra, 2:5—90+1 avtogol Igor Sergeyev.“Qo‘qon-1912”: O‘tkir Yusupov, G‘iyos Komilov (Suhrob Berdiyev, 46), Javohir Sidiqov, Firdavs Asadov (Behruz Sa’dillayev, 70), Oybek Rustamov, Quvondiq Ro‘ziyev (Bahodir Akramov, 70), Murod Xolmuhammedov, Aleksandr Merzlyakov, Marko Milich, Iqbol Malikjonov (Nosirbek Otaqo‘ziyev, 46), Muhammadanas Hasanov (Darko Gojkovich, 58).
“Paxtakor”: Eldorbek Suyunov, Farrux Sayfiyev, Yegor Krimes, Sherzod A’zamov, Akmal Shorahmedov, Azim Ahmedov (Vladimir Kozak, 72), Dilshod Rahmatullayev (Jamshid Iskanderov, 81), Jaloliddin Masharipov (Jasur Yaxshiboyev, 81), Dragan Cheran (Bahrom Abdurahimov, 82), Ismoil Gonsalvesh, Tiago Bezerra (Igor Sergeyev, 78).
Izoh (0)