O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 27-sentabr kuni Oliy Majlis Senati tomonidan ma’qullangan “Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi qonunga tushuntirish berdi, deb yozadi “Gazeta.uz”.
Senatning Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev agentliklar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar qiymati EKIHning bir barobari (184,3 ming so‘m) miqdorida belgilanishini ma’lum qilgan edi.
“‘Xususiy bandlik agentliklar to‘g‘risida’gi qonunning 15-moddasiga muvofiq, xizmatlar ko‘rsatish haqidagi kelishuv xususiy agentlik va ish qidirayotgan shaxs yoki ish beruvchi bilan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lov miqdori va shartlari ko‘rsatilgan holda yozma shaklda tuziladi, ya’ni to‘lov miqdori va shartlari xizmatlar ko‘rsatayotgan tijorat tashkiloti tomonidan belgilanadi”, — deyiladi Mehnat vazirligi xabarida.
Izoh (0)