2017-yil oxirida chet el OAVlari tomonidan “dunyodagi eng chiroyli qizaloq” deb topilgan rossiyalik Anastasiya Knyazeva 1-sinfga qadam qo‘ydi, deb yozadi “Life.ru”. Uning onasi maktabda olingan ilk kadrlar bilan bo‘lishdi.
Yetti yoshli Nastya model bo‘lib ishlaydi va bir nechta bolalar kiyimlari brendlari ham hamkorlik qilishga ulgurgan. Hozirda yosh modelning Instagram’dagi sahifasiga (onasi yuritadi) 1,4 million kishi obuna bo‘lgan.
Nastyaning suratlari doimgidek uning muxlislari olqishlariga sazovor bo‘ldi. Ammo uning onasini o‘z qizining ortidan daromad topishda ayblovchilar ham topildi.
Ularga javoban Nastyaning onasi Anna Knyazeva farzandini bo‘yantirmasligini, tabiatning o‘zi unga husn berib qo‘yganini aytdi. “Va men uning ortidan pul orttirmayman, chunki o‘zim otday ishlayman. Men vaqtimni behuda sarflamasdan, farzandlarim bilan shug‘ullanganim uchun ular aqlli va tarbiyali”, — deb yozdi u.
Izoh (0)