Britaniya OAVlari olti yoshli rossiyalik Anastasiya Knyazevani “dunyodagi eng chiroyli qizaloq” deb e’lon qildi. Xususan, uning tashqi qiyofasi haqida The Daily Mail yozdi.

Foto: Instagram / @anna_knyazeva_official

Jurnalistlar so‘zlariga ko‘ra, qizcha qo‘g‘irchoqdek qiyofasi va katta-katta moviy ko‘zlari bilan o‘z muxlislari qalbini zabt etgan. U model bo‘lib ishlaydi, onasi yuritadigan Instagram sahifasini esa 500 mingdan ortiq kishi kuzatib boradi.

Knyazevani o‘tgan yili olti yoshida dunyodagi eng chiroyli qizcha deb e’tirof etilgan va Fransiya Vogue nashrining eng yosh modeliga aylangan fransiyalik model Tilan Blondoga qiyoslashdi.

Olti yoshli Anastasiya Rossiya agentliklaridan birida ishlaydi va bir nechta brendlar yuzi hisoblanadi. Yosh modelning onasi qizining fotosessiyalaridan olingan suratlarni ham, kundalik hayoti aks etgan fotosuratlarni ham joylab boradi. Izohlarda dunyoning turli burchaklaridagi odamlar qizchani ko‘klarga ko‘taradi.