17-sentabr kuni Toshkentga Missisipi shtati Milliy gvardiyasi qo‘mondoni — shtat gubernatori o‘rinbosari, general-mayor J.Boylz boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurmoqda, deb yozadi O‘zA.
18—19-sentabr kunlariga mo‘ljallangan tashrif dasturidan mudofaa, ichki ishlar, FV, tashqi ishlar vazirlari, Oliy Majlis Senatining birinchi o‘rinbosari, Milliy gvardiya qo‘mondoni bilan uchrashuvlar, Qurolli Kuchlar Akademiyasiga tashrif o‘rin olgan.
Shuningdek, mehmonlar uchun O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan qabul va konsert dasturi tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)