RAEX-Europe O‘zbekiston suveren reytingining milliy valyutadagi “B+”(hukumat kredit qobiliyatining mo‘tadil past darajasi) darajasini tasdiqladi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.

Foto: UzDaily

Xorijiy valyutadagi reyting esa “B” darajasidan “B+” darajasigacha ko‘tarildi.

Reyting prognozi pozitiv bo‘lib, bu o‘rta muddatli istiqbolda reyting darajasi yanada ko‘tarilishi ehtimoli yuqori ekanligini anglatadi.

O‘zbekistonning xorijiy valyutadagi suveren kredit reytingi oshirilishi valyuta xatarlarini pasaytirishga xizmat qiladigan iqtisodiy islohotlar rejali ravishda amalga oshirilayotgani, salohiyatli fiskal va pul-kredit siyosati, shuningdek, davlat qarzi tangligi xavfi kamayganidan dalolat beradi.