Toshkent shahar IIBB YHXBning Yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish to‘g‘risidagi va shahar ko‘chalarida tezlik oshganlik holatlarini qayd etadigan qurilmalar borligi haqidagi ogohlantirishlarga qaramasdan, ba’zi haydovchilar aynan katta tezlikda harakatlanish yo‘l-transport hodisalariga olib kelishini unutadi, deb yozadi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

7-sentabr kunidan 13-sentabr kunigacha bo‘lgan muddat ichida mobil (ko‘chma) radarlar tomonidan shahar ko‘chalarida 9870 ta tezlik oshirilganligi faktlari qayd etildi.

“Masalan, 7-sentabr kunining o‘zidayoq 523, 12-sentabr kuni esa 520 marta tezlik oshirilganligi holatlari qayd etildi. 13-sentabr kuni esa radarlar 690 marta tezlik oshirilganligi faktlarini qayd etdi”, — deyiladi xabarda.