Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Mamlakat aholisini va iqtisodiyot tarmoqlarini raqobat va bozor mexanizmlarini joriy etish asosida don, un va non bilan ishonchli ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Foto: “Gazeta.uz”

Foto: “Gazeta.uz”

Qarorga muvofiq 2018-yil 15-sentabrdan:

Bir kilogramm 1-nav bug‘doy unning ulgurji narxi 1 400 so‘m etib belgilandi;

Qolipli (“buxanka”) non erkin bozor narxi bo‘yicha (hozirda narx davlat tomonidan tartibga solingan) sotiladi.

Bunda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga 2018-yil 1-oktabrdan boshlab un va qolipli non olish bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlarni qoplash uchun eng kam oylik ish haqining 10 foizi (18 400 so‘m) miqdorida kompensatsiya to‘lovi to‘lab beriladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda qolipli non narxi oxirgi marta 2014-yil sentabrida 50 so‘mga qimmatlab, 650 so‘m etib belgilangan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Putinparast raqqos Toshkentda urushga chorlovchi qo‘shig‘i uchun senzura qilinganini aytmoqda. O‘zi nima bo‘lgandi?
Dunyo
Ganjani vayron qilgan 11 ballik zilzila, Gutenberg chop etgan ilk kitob, Suriyada harbiy operatsiya boshlagan Rossiya qo‘shinlari. Kun xronologiyasida 30-sentabr
Dunyo
Rossiya Zaporojye va Xerson viloyatlari mustaqilligini tan oldi