Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on xorijiy valyutada imzolangan barcha ijara shartnomalar va ko‘chmas mulk oldi-sotdi hujjatlarini turk lirasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda 13-sentabr kuni Anadolu xabar bermoqda, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Turkiya fuqarolari o‘rtasida oldi-sotdi, ijara, ko‘char va ko‘chmas mulk lizingi shartnomalari imzolanganda, tomonlarning to‘lov majburiyatlari xorijiy valyutada belgilanmaydi.
Farmonga muvofiq, qayta hisoblash 30 kun ichida amalga oshiriladi.
Avvalroq Erdo‘g‘on Turkiya fuqarolarini dollar va yevrolarni liraga almashtirishga chaqirgan edi.
Izoh (0)