Joriy yilning 5-sentabrdan 8-sentabrgacha bo‘lgan davr mobaynida 521,9 milliard so‘mlik bitimlar tuzildi. Bu haqda “O‘zRTXB” AJ matbuot xizmati xabar bermoqda, deb yozadi O‘zA.
O‘tgan hafta mobaynida onlayn auksion orqali 638 ta avtomobil raqamlari sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 2,0 milliard so‘mdan oshdi.
Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning qariyb 21 foizi birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 55 foizi ikkinchi va 24 foizi uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.
Xaridorlar tarkibida yetakchilikni Toshkent va Toshkent viloyati avto havaskorlari egalladi. Bu raqam shaydolarining tuzilgan bitimlar sonidagi ulushi 19 foizga teng. Keyingi o‘rinda Farg‘ona viloyatining avto havaskorlari 12 foiz ulush bilan joylashdi. Uchinchi o‘rin Namangan viloyati avto havaskorlariga tegishli bo‘lib, ulushi 10 foizni tashkil qiladi. Boshqa hududlarning ulushi 59 foizga teng.
Izoh (0)