Bernda O‘zbekistonning Shveysariyadagi favqulodda va muxtor elchisi Nabijon Qosimovning Shveysariya prezidenti Alan Bersga ishonch yorliqlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.
Marosim doirasida O‘zbekiston—Shveysariya aloqalarining hozirgi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Shveysariya prezidenti O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar yo‘nalishini ma’qulladi va Shveysariya tomoni ularni amalga oshirishda zarur ko‘mak ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.
Izoh (0)