Ma’lumki, Shahrisabz shahrida joriy yilning 6—10-sentabr kunlari Xalqaro maqom san’ati anjumani o‘tkaziladi. Ushbu anjumanga 75 ta davlatdan xorijiy mehmonlarning tashrifi kutilmoqda, deb yozadi O‘zA.
Anjumanga tayyorgarlik ishlari yuksak saviyada olib borilmoqda. Xususan, bir necha oylar davomida qurilish, ta’mirlash, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish kabi tashkiliy ishlar bajarildi. Oqsaroy hududida barpo etilgan 1 800 o‘rinli maxsus amfiteatr konsert dasturlarini o‘tkazishga tayyor.
Oqsaroyning xalq bilan gavjum ko‘chalari bayram shukuhini tarannum etmoqda. Tabiat qo‘yinida qad roslagan mehmon uylari, mamlakat tarixi va madaniyatini ifoda etuvchi maxsus sahna qurilmalari, hunarmandchilik mahsulotlari ko‘zni quvnatadi.
Har kuni anjuman ishchi guruhining shtabi turli masalalar yuzasidan muhokamalar olib bormoqda, muammoli masalalar shu yerning o‘zida bartaraf etilmoqda.
Izoh (0)