Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Nikaragua hukumati prezident ma’muriyati amalga oshirgan repressiyalar va qonun buzilishlari qoralangan hisobotdan so‘ng BMT inson huquqlari bo‘yicha delegatsiyasini mamlakatdan badarg‘a qilishga ko‘rsatma berdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Foto: EPA

Foto: EPA

Mamlakat tashqi ishlar vaziri Denis Monkadimga ko‘ra, Nikaragauga delegatsiyani taklif etishga undagan sabab va sharoitlar o‘zgargan. Shu bois BMTning inson huquqlari bo‘yicha vakillariga hozirda ehtiyoj yo‘q.

Xalqaro tashkilotning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi mintaqaviy bo‘linmasi Nikaraguada bu boradagi holatni kuzatish va ma’lumotlarni taqdim qilishni davom etishini bildirdi.

BMT delegatsiyasi 29-avgust kuni e’lon qilgan hisobotda Nikaragua politsiyasi tomonidan qo‘llangan kuch ishlatish va qotilliklar, hibsxonalardagi qiynoqlar haqida so‘z borgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Hamma safarbar qilinsin” — Lukashenko yig‘im-terimga maktab o‘quvchilari, talabalar, ishchilar va davlat xizmatchilari jalb etilishi kerakligini aytdi
Mahalliy
O‘zbekistonda noqonuniy yer oldi-sotdisi bo‘yicha rekord yangilanmoqda
Mahalliy
O‘zbekistonga Rossiyadan eng ko‘p import qilingan mahsulot — margarin