Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Twitter’ning ijrochi direktori Jek Dorsi va Facebook’ning asosiy operatsion direktori Sheril Sandberg 5-sentabr kuni AQSh senatida razvedka bo‘yicha qo‘mitaning ochiq yig‘ilishida chiqish qiladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: “Korrespondent.net”

Foto: “Korrespondent.net”

Ta’kidlanishicha, eshituvga Google’ni o‘z ichiga oluvchi Alphabet kompaniyasi ijrochi direktori Larri Peyj ham taklif qilingan, biroq u o‘zining majlisda ishtirok etishini tasdiqlamagan.

Senator Richard Byorrning so‘zlariga ko‘ra, top-menejerlardan ularning ijtimoiy tarmoqlardagi tashqi ta’sirlarga nisbatan harakatlari haqida so‘raladi.

Amerika maxsus xizmatlari 2017-yilning yanvar oyidan buyon AQShdagi prezidentlik saylovlariga Rossiyaning ehtimoliy aralashuvi yuzasidan tergov olib bormoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Ba’zida o‘zim ham noto‘g‘ri parkovka qilaman” — Rasul Kusherbayev
Mahalliy
Toshkent shahri bosh rejasining bir qismi 2022-yil oxirigacha yakunlanadi
Mahalliy
Qurilish vazirligi ogohlantiradi: yangi uy xarid qilayotganda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar