Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Toshkentning Uchtepa tumanida ish boshlagan Welcome oilaviy korxonasi sayyohlarga milliy taomlarni pishirish jarayonlarini “master-klass”, ya’ni mahorat darslari ko‘rinishida taqdim qilmoqda. Bu haqda Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi xabar berdi.

Foto: Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi

Foto: Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi

Shuningdek, bu yerda xorijlik mehmonlar milliy va xorij musiqa hamda qo‘shiqlarini jonli ijroda tinglash imkoniga ega. Oilaviy korxona xodimlari “Kelin salom”, “Kuyov sinash” kabi milliy marosimlarni ham sahnalashtirilgan holda namoyish qilmoqda.

Foto: Turizmni rivojlantirish qo‘mitasiAytish kerakki, bunday gastronomik turizm markazi hozircha poytaxtda mavjud emas edi. Kuni kecha mazkur oilaviy korxona o‘zining ilk mehmonlarini qabul qildi. Ular Ispaniyaning Barselona shahridan kelgan Antonio Arevalo va Gemma Morodir.

Foto: Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi

Foto: Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi

Mehmonlar ushbu markazda bo‘lib, milliy qadriyatlar, urf- odatlar, qolaversa, milliy oshxona haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish bilan birga palov tayyorlash jarayonida ham bevosita ishtirok etdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
Instagram: Ustozlarini tabriklayotgan mashhurlar, onasiga qo‘shni bo‘layotgan Nilufar Usmonova, Ziyodaning volidasiga atalgan syurprizi
Sport
A Seriya. “Roma” Eldor Shomurodov maydonga tushmagan o‘yinda “Inter”ni mag‘lub etdi
Dunyo
Nikaragua hukumati Niderlandiya bilan diplomatik munosabatlarni uzdi