• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Daryo” surishtiruvi: Sakkiz yildan buyon sarson bo‘layotgan tadbirkorlar – Rishtonda bozor muammosi qachon hal etiladi?

    “Daryo” tahririyatiga Farg‘ona viloyati, Rishton tumanidagi bir guruh tadbirkorlar tuman markazidagi buyum bozorini foydalanishga topshirish masalasi uzoq yillardan beri paysalga solib kelinayotgani haqida murojaat qilishdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov murojaatni o‘rganish maqsadida Rishton tumaniga borib, mazkur buyum bozorida savdo-sotiq qiluvchi bir guruh tadbirkorlar bilan uchrashdi.

    Rishton buyum bozori tuman markazidan 500 metr masofada joylashgan. Bozorda haftasiga uch kun savdo avjiga chiqadi. Chorshanba va juma kunlari hunarmandchilik mahsulotlari sotiladi. Bozorga asosan kechki vaqtlarda chiqadigan hunarmandlar elektr yo‘qligi uchun mashina chiroqlari yoki qo‘l fonarlarini yoqib olib savdo qilishadi. Yakshanba kuni esa kiyim-bosh, xo‘jalik mollari, eshik-rom, qurilish mahsulotlari va qush bozori bo‘ladi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Aslida bu joyni bozor deb atash qiyin. Chunki, hali qurilish-ta’mirlash ishlari oxiriga yetkazilmagan. Elektr va suv tarmoqlari tortilmagan. Yo‘laklar asfaltlanmagan, sotuvchi va xaridorlar yozda chang-to‘zondan, qishda loygarchilikdan aziyat chekadi. Betartib joylashtirilgan qo‘lbola rastalar texnika va yong‘in xavfsizligi talablariga javob bermaydi. Sanitariya holati to‘g‘risida esa gapirishni hojati yo‘q. Atrofda chiqindilar uyulib yotibdi.

    Odamlar duch kelgan joyda, hech qanday sharoitsiz yerlarda, ko‘chada, hatto katta yo‘l yoqasida ham savdo qilyapti. Bozor rasman foydalanishga topshirilmagani uchun katta mablag‘ sarflab, zamonaviy ko‘rinishda do‘kon qurgan yuzdan ortiq tadbirkorlar ham o‘z mahsulotlarini ko‘chada sotishga majbur bo‘lmoqda. Ular o‘z pullariga qurgan do‘konlarida har kuni savdo qilishni, buning uchun mutasaddilar zarur sharoit yaratib berishlarini istashmoqda, xolos.

    – Sakkiz yildan beri shu muammo. O‘z pulimizga qurgan do‘konimizni o‘zimiz ishlata olmaymiz. Ma’muriyat qurilish ishlarini oxiriga yetkazib, bozorni ochib bermayapti. Bozorni obodonlashtirish uchun deb 3 million so‘mdan pul ham yig‘ib olishgan. Har doim qandaydir bahona topishadi. Yordam so‘rab murojaat qilmagan idoramiz qolmadi, – deydi tadbirkor Faxriddin Karimov.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Tadbirkorlarning aytishicha, 2010-yili Rishton hokimligi hukumatning tegishli qarorlariga “labbay” deya javob berib, tuman markazida barcha turdagi nooziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qiluvchi bozor qurishga bel bog‘laydi.

    Tuman hokimining 2003-yil 28-oktabrdagi 1168-sonli qarori bilan buyum bozori uchun fuqarolar kelib-ketishiga qulay bo‘lgan hudud – sobiq paxta tayyorlash maskani o‘rnida 4,15 gektar yer maydoni ajratilib, kiyim-bosh, xo‘jalik mollari, hunarmandchilik, kulolchilik va qurilish mahsulotlari bilan savdo qiluvchi, zamonaviy ko‘rinishdagi bozor qurilishi rejalashtirilgan. Qisqa vaqt ichida bozor loyihasi ishlab chiqilgan. Biroq, 2010-yilga qadar mazkur bozor hududida hech qanday yangi bino qurilmagan. Sotuvchilar qo‘lbola rastalarda savdo qilib kelgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    2010-yilning 4-noyabrida Rishton tumani hokimining “Buyum bozori” mas’uliyati cheklangan jamiyatini “Buyum bozori” savdo kompleksiga aylantirish to‘g‘risidagi 545-sonli qarori qabul qilingan. 2011-yil 22-aprelda esa tuman hokimining qaroriga asosan hali qurib bitkazilmagan bozorni qayta rekonstruksiya qilish belgilangan.

    Shu asosda 2011-yilda tadbirkorlar tomonidan 51 ta savdo do‘koni qurilgan. Biroz vaqt o‘tib ishlar yana to‘xtab qolgan. Bozorning rasman foydalanishga topshirilishi turli bahonalar bilan ortga surilavergan. Bu orada tuman hokimligi tashabbusi va ulushdorlarning roziligi bilan “Roshidon buyum savdo” MChJ, ya’ni buyum bozori “Dehqon bozori” MChJ tarkibiga qo‘shib yuborilgan. Bu chora ham muammoga yechim bo‘lmaydi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    2015-yilga kelib tumanning o‘sha paytdagi hokimi G‘ayratjon Mamadaliyev tadbirkorlar bilan yig‘ilish o‘tkazib, qurilishni oxiriga yetkazish uchun bozor ma’muriyatida yetarli mablag‘ yo‘qligini aytgan. Va tadbirkorlarga shaxsiy mablag‘lari hisobidan bozor hududida savdo do‘konlari qurishni taklif qilgan. Shu tariqa 2015–2016-yillar davomida bozorning bosh rejasi asosida tasdiqlangan smeta bo‘yicha tadbirkorlar tomonidan 72 ta do‘kon qurilgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Biroq bozor yana foydalanishga topshirilmadi. Yana o‘sha gap – bozor ma’muriyatida yetarli mablag‘ yo‘q. Bu safar ham muammoni hal qilish katta pul sarflab do‘kon qurgan tadbirkorlarning chekiga tushdi. Bozor hududini obodonlashtirish, asfalt yotqizish, elektr va suv tarmoqlarini tortish uchun har bir tadbirkordan 3 million so‘mdan pul yig‘ib olindi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Shu bilan barcha muammolar barham topadigandek edi go‘yo. Afsuski, shu kungacha bozor hududi na asfaltlandi, na suv, na elektr tarmog‘i tortildi. Bu yoqda tadbirkorlar yig‘ilgan pullar nimaga sarflanganini bilolmay hayron!

    Tadbirkorlarning turli idoralarga yozgan murojaatlari bir to‘plam bo‘lgan. Tuman hokimligi, tuman prokuraturasi, Xalq qabulxonasi va boshqa idoralarga qilingan murojaatlar besamar ketdi, arizalar ijrosiz qoldi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Nega mas’ul tashkilotlar bu masalaga panja ortidan qaramoqda? Axir mutasaddilarning asosiy vazifasi xalq dardiga quloq tutish, aholiga qulaylik yaratish emasmi? Qo‘shimcha ish o‘rni yarataman, halol mehnat qilib, topgan daromadimdan davlatga soliq to‘layman deb turgan tadbirkorlarni sarson qilishdan nima naf?

    Agar mazkur buyum bozori to‘laqonli faoliyat yuritsa, 350–400 nafar odamni ish bilan ta’minlab, budjetga bir yilda o‘rtacha 350 million so‘m qo‘shimcha mablag‘ tushirish mumkin ekan.

    Nahotki, shuncha foyda keltirishi mumkin bo‘lgan bozorni tezroq ishga tushirish, savdogarlarga yetarli sharoitni yaratib berish uchun o‘tgan sakkiz yil muddat kamlik qilgan bo‘lsa? Mahalliy budjetni to‘ldirmaslikka urinishdan kim manfaatdor?

    Mazkur muammoga tuman hokimligining munosabatini bilish uchun Rishton tumani hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sodiqjon Haydarov bilan bog‘lanishga harakat qildik. Hokim o‘rinbosari zarur topshiriqlar ijrosi bilan bandligini bilgach, “Dehqon bozori” MChJning boshqaruvi raisi o‘rinbosari Isomiddin O‘rinboyev bilan bog‘landik. Bizni qiziqtirgan savollarga bozor hisobchisi Ismoiljon Xudoyqulov javob berdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    – Qurilishni oxiriga yetkazish uchun bozor ma’muriyatining mablag‘i yetarli emas. Buyum bozorining bosh rejasiga ko‘ra, loyiha qiymati 250 million so‘m bo‘lgan milliy hunarmandchilik mahsulotlari pavilyoni qurilishi kerak. Bundan tashqari, kommunikatsiya tarmoqlarini tortish, asfalt qilish, hududni obodonlashtirish uchun ham mablag‘ zarur. Shu ishlarni bajarmasdan turib buyum bozorini foydalanishga qabul qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun Milliy bankning Rishton filialiga kredit olish maqsadida bir yildan beri murojaat qilib kelyapmiz. Ayni paytda bank 1 milliard so‘m kredit ajratishga rozilik bergan. Tez orada kredit mablag‘larini olish uchun zarur hujjatlarni tayyorlab, qurilish ishlarini boshlashni rejalashtirib turibmiz, – deydi I. Xudoyqulov.

    Biz bozor mutasaddilarining va’dasiga ishondik. Rishtonlik tadbirkorlarni uzoq yillardan buyon qiynab kelayotgan muammoga tez orada yechim topiladi, deb umid qilamiz.

    “Daryo” voqealar rivojini kuzatib boradi.

    23.08.2018, 12:10   Izoh (0)   44830
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Oʻzbekiston oʻz hududidan etil spirtini tranzit qilishga ruxsat berdi

    23.08.2018, 11:29

    Rossiyada kinna chiqaraman deb, keksa ayollarning katta pulini olib qo‘ygan o‘zbekistonlik firibgar ayol qo‘lga olindi

    23.08.2018, 11:08

    “Vaqf” fondi Qurbon hayitining ikki kunida 1,5 tonna goʻsht tarqatdi

    23.08.2018, 10:10

    O‘zbek oshpazlari “Ko‘chmanchilarning butunjahon oshxonasi” festivalida ishtirok etadi

    22.08.2018, 23:00

    Toshkent IIBB o‘z xodimlarining poytaxt kafesidagi harakatlarini baholaydi

    22.08.2018, 20:06

    Toshkentdagi Samarqand Darvoza savdo markazi yaqinida pichoqbozlik sodir bo‘ldi

    22.08.2018, 19:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH harbiy aerodromlarni “robot bo‘rilar” himoya qilmoqda (foto)

    Layfstayl | 12 iyul, 16:35

    Toshkentda Cobalt haydovchisi Lacetti’ni “dubinka” bilan urib qochib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 12 iyul, 16:20

    “Yuventus” Sanchoni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin

    Sport | 12 iyul, 16:02

    Chinozda o‘z opasini o‘ldirib, 7 kun gilam ichida saqlagan ukaga hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 16:00

    Lego “Transformerlar”dagi Saundveyv deseptikon ko‘rinishidagi yangi konstruktorni taqdim etdi

    Qo‘ziqorin | 12 iyul, 15:20

    Messi Levandovski bilan o‘rtasidagi mojaroga oydinlik kiritdi

    Sport | 12 iyul, 14:45

    Kanadalik olimlar saraton to‘qimasini 3D printerda chop etdi

    Ilm-fan | 12 iyul, 14:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.